Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi

Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi “Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi”.
“O‘zstandart” agentligining “Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Qaroriga asosan tashkil etildi. 
Byuroni asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
eksportga mo‘ljalangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartlar, sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha bepul maslahat xizmatlari ko‘rsatish; 
eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro va mamlakatlararo standartlar talablarini joriy etish va ularga erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; korxonalarga mahsulotni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha axborot-maslahat yordami ko‘rsatish. 
Byuro o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 
Korxonalarga mahsulotni eksportga chiqarish bo‘yicha zarur axborotlarni tayyorlab beradi. 
Mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha dastur va tadbirlar tayyorlashda qatnashadi; 
Mahsulotni standartlashtirish, serifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar bo‘yicha xalqaro va mamlakatlararo talablarni tahlil qiladi; 
Mahsulotni standartlashtirish, sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar bo‘yicha xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va doimiy yangilab boradi; 
Standartlashtirish va sertifikatlash sohasida xorijiy kompaniyalar va firmalar bilan o‘z vakolatlari doirasida bevosita hamkorlik qiladi; “O‘zstandart” agentligining rivojlangan mamlakat bilan xalqaro va mamlakatlararo hamkorlik to‘g‘risida tuzilgan BITIMga muvofiq byuro ushbu mamlakatlarga eksport qilinadigan mahsulotlar talablari bo‘yicha ma’lumotlarni olib, o‘z faoliyati doirasida qo‘llamoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi, savdo sanoat palatasi, davlat bojxona qo‘mitasi,“Uztadbirkoreksport” ITSK hamda “Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi” nodavlat notijorat muassasi mutaxassislari bilan tegishli masalalarda izchil axborot-ma’lumot almashunuvini tashkil etadi.



Video

Fuqorolar murojaatlari

Davlat ramzlari

“Kashsert” Sertifikatlashtirish idorasi
"Sifat tizimalarini joriy etish" bo'limi
“O‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruv utkazish» bo‘limi
Sinov laboratoriyalari
Qushimcha xizmatlar
Bizning kadrlar

Interaktiv xizmatlar

Xalqaro hamkorlar



Foydali havolalar