«Quvvat» akkreditlangan sinov laboratoriyasi

 «Quvvat» akkreditlangan sinov laboratoriyasi «Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasining bo‘limi hisoblanadi va nooziq-ovqat mahsulotlari, jumladan mashinasozlik, elektrotexnika, qurilish mahsulotlari, neft, yengil sanoat va uy-ro‘zg‘or buyumlarini sinashga ixtisoslashgan. 

«Quvvat» akkreditlangan sinov laboratoriyasi Milliy akkreditatsiya idorasi- «O‘zstandart» agentligi tomonidan 2010 yil 26 iyulda Oz DSt ISO/IEC 17025:2007 davlat standarti talablari bo‘yicha akkreditlangan, akkreditatsiya guvohnomasi : UZ.AMT.07.MAI.400. 

  «Quvvat» akkreditlangan sinov laboratoriyasining akkreditatsiya doirasiga quyidagi mahsulotlarni sinash usullari kiritilgan: 
  - Mashinasozlik mahsulotlari, shu jumladan avtotransport vositalari; 
  - Elektrotexnika mahsulotlari; 
  - Qurilish va santexnika mahsulotlari; 
  - Neft mahsulotlari; 
  - To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari, shu jumladan sport buyumlari; 
  - Uy-ro‘zg‘or buyumlari; 

«Quvvat» akkreditlangan sinov laboratoriyasida korxonalar va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan xizmat turlarini ko‘paytirish, sinov sohasini kengaytirish, sinov bazasini rivojlantirish va chet el bozorlariga chiqish maqsadida keng miqyosda istiqbolli rejalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2016 yil 17 martda markazning «Quvvat» akkreditlangan sinov laboratoriyasi xalqaro tashkilot- «TURKAK» akkreditatsiya idorasi tomonidan ISO/IEC 17025 xalqaro standart talablari bo‘yicha akkreditlandi va unga AV–1053-T sonli xalqaro akkreditatsiya guvohnomasi topshirildi



Video

Fuqorolar murojaatlari

Davlat ramzlari

“Kashsert” Sertifikatlashtirish idorasi
"Sifat tizimalarini joriy etish" bo'limi
“O‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruv utkazish» bo‘limi
Sinov laboratoriyalari
Qushimcha xizmatlar
Bizning kadrlar

Interaktiv xizmatlar

Xalqaro hamkorlar



Foydali havolalar