Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi

Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi “O‘zstandart” agentligi, Respublika SSM DK tarkibiy bo‘linmalaridan biri hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktyabrdagi 342-sonli qarori asosida o‘z faoliyatini tashkil etgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli qaroriga asosan markaz strukturasi qayta tuzilgan. Markaz o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi, “Metrologiya to‘g‘risida”gi, “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Oziq ovqat mahsulotlarini sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi va “Texnik jixatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi va “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir ko‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №318-sonli, “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №122-sonli xamda “Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risda”gi №173-sonli qarorlari ijrolarini ta’minlash borasidagi ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunga kelib markazda akkreditlangan “Kashsert” sertifikatlashtirish idorasi hamda 2 ta sinov va 1 ta metrologiya laboratoriyalari faoliyat ko‘rsatadi. Markazning “Fizik-kimyo” sinov laboratoriya , “Quvvat” sinov laboratoriyasi va “O‘lchash vositalarini qiyoslash” laboratoriyalari xalqaro ISO MEK 17025 standarti talablari asosida akkreditatsiyadan o‘tkazilgan. Viloyatimizdagi korxona va tashkilotlarda metrologik ta’minot xizmatlari va mahsulotlarini sinash hamda sertifikatlashtirish ishlari markazimiz tomonidan amalga oshirilmoqda.



Video

Fuqorolar murojaatlari

Davlat ramzlari

“Kashsert” Sertifikatlashtirish idorasi
"Sifat tizimalarini joriy etish" bo'limi
“O‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruv utkazish» bo‘limi
Sinov laboratoriyalari
Qushimcha xizmatlar
Bizning kadrlar

Interaktiv xizmatlar

Xalqaro hamkorlar



Foydali havolalar