Ma’lumki, joriy yilning 19 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yigilishida yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari atroflicha muhokama qilingan edi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalasiga alohida to‘xtalib: “Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib, kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, deb ta’kidlab o‘tdilar.
Prezidentimizning ushbu tashabbusi davlat organlari, keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Prezidentimizning xayrli tashabbusini davom ettirish maqsadida Qashqadaryo sinov va sertifikatlishtirish markazi davlat korxonasi direktori U.Amirqulov o‘zi o‘qigan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, 60 dan ortiq kitoblar to‘plamini maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi.

Ushbu kitoblar to‘plamidan o‘zbek milliy va jaxon adabiyoti mashhur adiblarining eng sara klassik asarlari, mashhur shoirlar she’rlari to‘plamlari, bolalar ensiklopediyalari, o‘zbek xalq ertaklari, o‘quv qo‘llanmalar, qolaversa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari ham o‘rin olgan.
Shu bilan birga U.Amirkulov uchrashuv davomida o‘quvchilar va pedagog xodimlar bilan suhbatlashdi hamda maktabda bugungi kunda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Maktab rahbariyati bilan yosh avlodni munosib tarbiyalashda kelgusida ham o‘zaro hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.