Qashqadaryo sinov va sertifikatlishtirish markazi davlat korxonasining 2019-2021 yillar uchun yangi jamoa shartnomasi qabul qilindi.

Photo

Qashqadaryo sinov va sertifikatlishtirish markazi davlat korxonasida O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari Kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi ishtirokida 2019 yil 26 mart kuni markazning 2019-2021 yillar uchun yangi jamoa shartnomasini qabul qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 
Yig‘ilishda xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida markazning 2017-2018 yillar uchun jamoa shartnomasi bandlari bo‘yicha ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar xisobotlari tinglanib, xodimlar tomonidan bir ovozdan ijobiy baholandi. 

Shuningdek, markaz kasaba uyushma a’zolari tomonidan 2019-2021 yillar uchun qabul qilinayotgan jamoa shartnomasiga bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha bildirilgan takliflari markaz jamoasi tomonidan ma’qullandi va yangi “Jamoa shartnomasi” bir ovozdan qabul qilindi. 
Tadbirda, O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari Kasaba uyushmasi Qarshi shahar kengashi raisi M.Norova, markaz direktori U.Amirqulov, markaz Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D.Yaxyoyeva hamda barcha markaz xodimlari ishtirok etdilar.




Video

Fuqorolar murojaatlari

Davlat ramzlari

“Kashsert” Sertifikatlashtirish idorasi
"Sifat tizimalarini joriy etish" bo'limi
“O‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruv utkazish» bo‘limi
Sinov laboratoriyalari
Qushimcha xizmatlar
Bizning kadrlar

Interaktiv xizmatlar

Xalqaro hamkorlar



Foydali havolalar