Qashqadaryo SSM DKda №698-sonli qarorning mohiyati

Photo

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Аholiga davlat xizmatlari koʼrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2017 yil 12 dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʼyicha davlat xizmatlari koʼrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 20 avgustda «Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʼtkazish va oʼrnatish boʼyicha davlat xizmatlari koʼrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi №698-sonli karori buyicha ulchov vositalarini yechish, qiyoslashdan oʼtkazish va oʼrnatish boʼyicha davlat xizmatlari koʼrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. 
Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʼtkazish va oʼrnatish boʼyicha davlat xizmatlari koʼrsatish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yoʼnalishlari quyidagilar hisoblandi: 
- davlat xizmatlari koʼrsatishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning bevosita ishtirok etishini talab qiladigan tartibotlar sonini hamda ularni koʼrsatish muddatlarini tubdan qisqartirish;  
- yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinadigan hujjatlar va maʼlumotlar talab qilinishini bekor qilish; 
- davlat xizmatlari koʼrsatishda byurokratik toʼsiq va gʼovlarga yoʼl qoʼymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar oʼrtasida idoralararo oʼzaro elektron hamkorlik oʼrnatish; 
- davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini taʼminlash, ularning masʼuliyatini va ijro intizomini kuchaytirish; 
- Oʼzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini davlat xizmatlari koʼrsatish uchun yagona axborot maydonchasi sifatida belgilashdan iborat. 
2019 yil 1 noyabrdan boshlab Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʼtkazish va oʼrnatish boʼyicha davlat xizmatlari koʼrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq koʼrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qiladilar. Metrologiya xizmati Elektr, tabiiy gaz va ichimlik va issiq suv xisoblagichlarni Reglamentning 24-25-bandlarida nazarda tutilgan tartibda qiyoslashdan oʼtkazadi. Bunda, qayta qiyoslash uchun talabgor yoki taʼminotchi korxonalardan qoʼshimcha toʼlov undirilmaydi. 
Hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi belgilandi, yaʼni: 
jismoniy shaxslar uchun — 8 yil; 
yuridik shaxslar uchun — 4 yilni tashkil etadi. 
Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazida ushbu qaror yuzasidan Davlat xizmatlari markazlari bilan birgalikda ishlar olib borilmoqda. Ushbu qaror boʼyicha qiyoslovdan oʼtkazish tartibi tushirilgan panolar chiqarilib barcha elektr, gaz va suv taʼminoti korxonalarida koʼrinarli joylarga oʼrnatildi.



Video

Fuqorolar murojaatlari

Davlat ramzlari

“Kashsert” Sertifikatlashtirish idorasi
"Sifat tizimalarini joriy etish" bo'limi
“O‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruv utkazish» bo‘limi
Sinov laboratoriyalari
Qushimcha xizmatlar
Bizning kadrlar

Interaktiv xizmatlar

Xalqaro hamkorlar



Foydali havolalar