Ajdodlar merosi –avlodlar ardog‘ida

Photo

Buyuk sarkarda va markazlashgan davlat asoschisi Amir Temur o‘z mamlakati va xalqining kuch-qudrati hamda jahondagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘zlar ekan, “Agar bizning kuch-qudratimizga shubha qilsang, biz qurgan imoratlarga boq” – degan edi. 
Joriy yilning 9 aprel kuni yurtimizda Buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi keng nishonlandi.  
Shu munosabat bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat qil” dasturi ijrosi yuzasidan Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi bir guruh xodimlari Amir Temur kamol topgan yurt qadim – Shaxrisabz shaxriga ziyorat etish maqsadida tashrif buyurdilar. 
Ushbu sayoxat xodimlarni mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning madaniy va ma’naviy xordiq chiqarishlari uchun tashkil qilindi. 
Ko‘xna va qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylaridan Oqsaroy majmuasi, Ko‘kgumbaz jome masjidi, Amir Temur nomidagi moddiy madaniyat tarixi muzeyini borib ko‘rdilar hamda ularning yaratilish tarixi bilan yaqindan tanishdilar. 
Shuningdek, tashrif davomida Shaxrisabzni bejizga “Yashil shaxar” deb atashmaganiga yana bir karra amin bo‘ldilar. Tarixning nafasini yaqindan xis qilib, katta ma’naviy ozuqa oldilar hamda bir olam taassurotlar bilan qaytdilar.



Video

Fuqorolar murojaatlari

Davlat ramzlari

“Kashsert” Sertifikatlashtirish idorasi
"Sifat tizimalarini joriy etish" bo'limi
“O‘lchov vositalari ustidan davlat metrologik tekshiruv utkazish» bo‘limi
Sinov laboratoriyalari
Qushimcha xizmatlar
Bizning kadrlar

Interaktiv xizmatlar

Xalqaro hamkorlar



Foydali havolalar